AsosiyJamiyat

“Sizdaqalarga vatanni qolgan kuni qurisin...” Deputat Kusherbaev Mirishkor tumani hokimini keskin tanqid qildi

'“Sizdaqalarga vatanni qolgan kuni qurisin...” Deputat Kusherbaev Mirishkor tumani hokimini keskin tanqid qildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, kecha, 2 mart kuni Mirishkor tumani hokimining mahalla raislarini so`kkani va urgani haqidagi audio tarqaldi. Qashqadaryo viloyati hokimligi bu ovoz haqiqatdan ham Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovning ovozi ekanligini tasdiqladi

Shuningdek, Bosh prokuratura ushbu holat bo`yicha tekshiruvlar boshlanganini ma`lum qildi.

Shundan so`ng, so`kong`ich hokim holatni izohlab, mahalla raislarini urganini rad etdi. 

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan mazkur voqeaga bloger Xushnud Xudoyberdiev ham o`z munosabatini bildirdi. Shuningdek, haddidan oshgan hokim deputat Rasul Kusherbaev tomonidan ham  keskin tanqid qilindi:

“Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi kim bo`lishidan qat`iy nazar rahbarlikka nomunosib, uquvsiz, bilimsiz, tuban inson ekanligini namoyon etibdi.

Bu inson o`zining bugungi O`zbekiston kelajagini qurib bo`lmaydigan va Prezident obro`sini to`kadigan kaltafahm, pastkash shaxs ekanligini namoyon qildi.

O`rtoq ushbu "inson" ga aytar gapimiz: tinchgina o`rinni bo`shatib, hech kim eshitmaydigan dala-dashtda istagancha baqirib yuraverishi. Agar o`simlik va dov-daraxtlar gapini eshitsa shunda ham. Xullas boreeee... Sizdaqalarga vatanni qolgan kuni qurisin...” — nafratini izohlagan deputat.

    Boshqa yangiliklar