2020 yilning 14 fevral kuni tunda, noma`lum shaxslar, “Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining Chinoz tumani Birlik mahallasi hududidan o`tuvchi 862 kilometrida qarovsiz qoldirilgan mashinadan benzin o`g`irlashdi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha bu mashina Ukraina fuqarosi 46 yoshli A.K.ning boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk mashinasi bo`lgan. Uning qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, o`g`rilar yoqilg`i bakidan 700 litr dizel yoqilg`isini yashirin ravishda o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 29 yoshli A.Z., 33 yoshli A.X., 30 yoshli B.Yu. va 34 yoshli I.A.lar sodir etganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. O`g`irlik sodir qilgan shaxslarga nisbatan ayblov e`lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






