O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida
Patrul-post xizmati yo`nalishida mavjud bo`lgan bo`sh lavozimlarga xizmatga qabul qilish uchun tanlov e`lon qiladi.
Tanlov, joriy yilning 10 mart kuniga qadar soat 09:00dan 17:00gacha Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka ko`chasi, 7-uyda joylashgan Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasi binosidagi “Toshkent shahar Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish markazi”da bo`lib o`tadi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- oliy ma`lumotga ega yoki O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining sirtqi ta`lim shaklida tahsil olayotgan Toshkent shahrida yashovchi erkak (o`g`il bola) fuqarolar bo`lishlari kerak;
- yosh toifasi – 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham);
- bo`y bilan bog`liq talablar: 175 sm. dan past bo`lmagan;
Izoh: Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy yig`inni o`tagan bo`lishi shart.
Batafsil ma`lumot uchun Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilish mumkin.






