O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotga doimiy munosabatlar berib boradigan xorijdagi o`zbek blogeri bu safar o`ta muhim masala xususida so`z yuritibdi. Ya`ni ma`naviyat, ma`rifat va tarbiya masalasi. Xorijda bo`lib turgan vatandoshimiz, ayrim hodisalar misolida xorijdagi va O`zbekistondagi yoshlar dunyoqarashi va tarbiyasi, odamlarning qonunga munosabatini solishtirgan.
“Bugun uyda mehmon kutdik — Kalgarida uch yildan ortiq yashab, oilaviy sabablarga ko`ra Toshkentga qaytgan vatandoshlarimiz qisqa muddatga yana Kalgariga kelishdi. Ancha gaplashib o`tirdik.
Gapdan gap chiqib, O`zbekistonda qonun-qoidaga itoat etish lapashanglik, bo`shlik, va qo`pol qilib aytganda, loxlik belgisi ekanini muhokama qildik.
Masalan, men 2000-yillar so`ngidan mashinani kamar taqib xaydayman, qonun chiqishidan avval ham taqib yurardim. Shunda mahalladagi o`smir bolalar ustimdan kulishardi: «oka, ja to`xtatsa gaplashib ketasiz, yig`ishtiring remenni», deb. Navbatda o`tirsangiz bittasi keladi shundoq so`ravolay, deb. Ikkinchisi keladi ammasining xolasiman, deb. Uchinchisi cho`ntagiga qistirib, bezo`chirt o`tib ketadi.
Zebradan ketayotgan piyodagi o`tkazaman desangiz, yo orqangizdan signal chaladi, yo birato`la etvoladi. O`z polosangizdan yursangiz, ham chap tomoningiz, ham o`ng tomoningizdan siqib ketishadi.
Har jabhada shunday, afsuski. Maktabda «remont» uchun pul bermasangiz, pulni nima qilasan, hujjatni ko`rsat, desangiz, bolaningizni hammaning oldida izza qilishadi, ziqnaga chiqarishadi.
Umuman olganda, qonunga itoat etish «nevigodniy». Undan ko`ra «gaplashsangiz» ishingiz oson va tez bitadi. Qonunga itoat etishning afzalliklari kamayib borayotgandek.
Ruslarning bir qo`pol gapi bor: «sredi volkov jit, po-volchi vt».
Uzoq muddat qonun ustuvor bo`lgan mamlakatda istiqomat qilgan vatandoshlarimizning qayta ko`nikishi qiyin bo`layotgan ekan.
Yana bir narsa: bolalarning o`zini tutishi. Vatandoshlarimizning aytishicha, kanadalik bolalar va qizlarning yurish-turishi, gap-so`zi toshkentlik tengqurlaridan odobliroq, tarbiyaliroq emish. Sentyabrdan beri bolalari borayotgan oddiy davlat maktabida allaqachon bir necha marta «razborka»lar bo`lib, o`quvchilar bir-birini burnini qonatib, tishini sindirgan emish. Kalgaridan bunday narsalar bo`lmaydi, mana uch yildan beri bir marta ham eshitganimiz yo`q.
Shunda o`ylab qoldim: 30 yildan beri vaysalanayotgan ma`naviyatimiz axlat qutisida ekan-da? Ikkiyuzlamachilikniyam boplab tashlagan ekanmiz-da?” — xulosa qilgan bloger.






