Gonkongda uy hayvonlariga ham COVID-19 koronavirusi yuqmoqda. Xususan bir bemorning kuchugida ham virus mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Izvestiya Nyu-York post manbasiga tayanib xabar berdi.
Hozir mutaxassislar virusni qanday yuqqanligini aniqlashmoqda. Agar kasallik itga egasidan o`tgan bo`lsa, bu yangi koronavirusning odamdan uy hayvoniga yuqishi bo`yicha birinchi holati hisoblanadi.
Qayd etilishicha, egasida virus aniqlanib kasalxonaga yotqizilganidan so`ng uning iti ham tekshirib ko`rilgan. Unda hech qanday alomatlar bo`lmasa-da test natijasi ijobiy chiqqan. Keyin u hayvonlar uchun maxsus tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan.
Gonkongda yangi koronavirus yuqtirish bo`yicha bugungacha 100 dan oshiq holat tasdiqlangan.






