AsosiyJamiyat

Piskentda Pensiya jamg`armasi xodimi va Xalq banki kassiri vafot etganlar nomidan pensiya pullarini olib yurgani fosh bo`ldi

'Piskentda Pensiya jamg`armasi xodimi va Xalq banki kassiri vafot etganlar nomidan pensiya pullarini olib yurgani fosh bo`ldi'ning rasmi

Piskentda vafot etgan fuqarolarning nomidan pensiya mablag`larini o`zlashtirish holati fosh etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Unda, byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Piskent tuman bo`limi bosh inspektori Sh.M. ATB “Xalq banki” Piskent tuman filiali sayyor kassa kassiri U.X. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, har oyda pensiya pullari tarqatish uchun tuziladigan to`lov qaydnomalariga vafot etganligi kiritilgan fuqarolarning pensiya pullarini davlat foydasiga qaytarmasdan, to`lov qaydnomalariga vafot etgan 142 nafar fuqarolarning nomidan o`zlari imzo qo`yishib, 85,8 mln. so`m pensiya pullarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilishganliklari aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Sh.M., U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar