Shu yil 25 fevral kuni Namangan viloyati IIB YHXB hodimlari tomonidan harakat xavfsizligini ta`minlash hamda qo`pol qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida reyd tadbirlari tashkil etildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Xodimlardan iborat 20 ta guruhlar tomonidan Namangan shahrida, Namangan, Chust va Pop tumanlarida tungi soat 20:00 dan 24:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida tashkil etilgan tadbirda jami 84 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.
Jumladan, Pop tumanida Matiz hamda Kobalt rusumli transport vositalarini me`yoriy hujjatlarsiz mast holda boshqarib kelayotgan haydovchilarga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga qo`yildi.
Xuddi shunday salbiy vaziyatlar Mingbuloq, To`rqo`rg`on, Norin, Uchqo`rg`on va Namangan tumanlarida ham kuzatilib qoidabuzarlarga qonuniy jazo qo`llanildi.
Chust tumanida o`tkazilgan reyd davomida davlat raqam belgisiz va me`yoriy xujjatlarsiz transport vositasini boshqarib kelayotgan ikki nafar haydovchiga nisbatan ma`muriy byonnoma rasmiylashtirilib, avtomobillar vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirildi.
Xuddi shu tumanda ruxsatsiz qoraytirilgan oynali transport vositalarini boshqarib kelayotgan yana ikki nafar shaxsga ham qonuniy chora ko`rildi.
Namangan shahrida meyoriy xujjtlarsiz harakatlanib yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib kelayotgan 4 nafar fuqaroning avtomashinalari ham jarima maydoniga olib kirildi.
Shu o`rinda aytib o`tish joizki, o`tkazib borilayotgan bu kabi reyd tadbirlari haydovchilardan jarima undirish ularga iqtisodiy zarar etkazish emas aksincha qoidabuzarliklar orqali sodir bo`lishi mumkin bo`lgan YTXlarni oldini olishdir.






