Joriy yilning 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bu suzish havzasi emas, basketbol maydoni!” nomli mavzusida video va maqola chop etilgan edi. Havola etilgan videolavha Samarqand viloyati Qo`rg`ontepa tumanidagi 33-umumiy o`rta ta`lim maktabida suv toshganligi xaqida bo`lib, tuman hokimligining Matbuot xizmati bu xabarga quyidagicha raddiya bildirdi:
"Videolavxa taqdim etilganidan so`ng Matbuot xizmati va tuman hokimining Qurilish ishlari bo`yicha o`rinbosari ishtirokidagi guruh darhol ushbu maktabga tashrif buyurib, mavjud holatni o`rgandilar.
Ma`lum bo`lishicha ushbu videolavha o`tgan 2019-yilning kuz oylaridagi kuchli jala sodir bo`lganidan so`ng tasvirga olingan. Ushbu holat to`laligicha tabiiy xodisa oqibati bo`lib, biror suv quvuri ham teshilmagan, biror ariq yoki boshqa joydan suv oqib kelmagan.
Videolavhadagi suv esa zo`a vaqtda 1-2 soat ichida oqava yo`l (paynob) orqali bartaraf bo`lgan.
Bundan tashqari, ushbu maktabning sport majmuasini ta`mirlash, ushbu hududdagi yana bir maktabdagi sharoitlarni yaxshilash yuzasidan, videolavha taqdim etilishidan 3 kun oldin tuman hokimining Qurilish ishlari bo`yicha o`rinbosari tomonidan yig`ilish o`tkazilgan. Ushbu maktablarda belgilangan tartib bo`yicha ta`mirlash ishlarini olib borish uchun, smetalar va boshqa kerakli ishlar rejalashtirilgan va hozirgi paytda bu ishlar boshlanish arafasida".
Raddiyada aytilishicha, video muallifining keltirgan noo`rin izohlari to`laligicha asossiz bo`lib chiqdi.
27.02.2020 09:04
Maktabda suv toshganligi haqidagi videolavhaga Qo`rg`ontepa tuman hokimligi raddiya bildirdi






