Andijon davlat tibbiyot instituti uch nafar talabalari boshqa shaxs bilan til biriktirib, xaridorga jami 1 000 dona kuchli ta`sir qiluvchi “Tropikamid” dorisini 45 mln. so`mga sotayotgan vaqtlarida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lga olingan.
Xuddi shunday, hamkorlikda o`tkazilgan yana bir tadbirda, fuqarolar K.M. va M.A.lar xaridorga jami 2 625 dona “Tropikamid” dorisini 105 mln. so`mga sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 8 000 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






