AsosiyJamiyat

IIV yo`l harakati qatnashchilarini ogohlantirdi

'IIV yo`l harakati qatnashchilarini ogohlantirdi'ning rasmi

Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining o`zgarishi, ayrim hududlarda qor, ayrimlarida esa yomg`ir yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo`llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo`l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo`lishi mumkinligini inobatga olgan holda haydovchilarni ogohlikka chaqirdi.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xaydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa dovon yo`llarida harakatlanishda ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz  transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo`lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmasliklarini, piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishlarini, kattalardan yo`llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so`radi. 

    Boshqa yangiliklar