Saudiya Arabistoni o`z hududida yangi turdagi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun bir qator choralarni joriy etdi. Bu haqda chorshanba kuni Qirollik Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.
Xususan, xukumat umra - kichik haj safarini bajarish uchun ziyoratchilarning mamlakatga kirishini to`xtatib turishga buyruq berdi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining «vakolatli sog`liqni saqlash organlari mezonlariga muvofiq» koronavirus tarqalishi qayd etilgan mamlakatlardan kelgan sayyohlar qirollikka tashrif buyurish vaqtincha taqiqlangan.






