AsosiyDunyo

Italiyada koronavirus avj oldi. «Uddalab bo`lmas topshiriq 7» filmining suratga olish ishi to`xtatildi.

'Italiyada koronavirus avj oldi. «Uddalab bo`lmas topshiriq 7» filmining suratga olish ishi to`xtatildi.'ning rasmi

So`ngi ma`lumotlarga ko`ra, Italyada kroranavirusni yuqtirib olganlar 350 nafarga yaqinlashgan.

Xatto Tom Kruz bosh rolni ijro etayotgan «Uddalab bo`lmas topshiriq 7» filmining Italiyadagi suratga olish jarayoni bu mamlakatda koronavirus avj olgandan keyin to`xtatildi, deb xabar berdi AQSh OAV dushanba kuni, deya yozdi Tarjumon.

«Bizning jamoamiz xavfsizligi va salomatligini hisobga olgan holda, shuningdek Venesiya hukumatining koronavirus tahdidiga qarshi jamoat yig`ilishlarini to`xtatishga chaqiriqlari tufayli, biz uch haftalik suratga olish rejasini o`zgartirmoqdamiz», dedi “Paramount Pictures” kinokompaniyasi vakili ”The Wrap” nashriga bergan intervyusida.

Uning qo`shimcha qilishicha, aktyor Tom Kruz Italiyaga safar qilmagan va kinochilar jamoasiga suratga olish boshlangunga qadar uyga qaytishga ruxsat berilgan.

Italiyada virusning tarqalishi ushbu filmdan tashqari, Milan moda haftaligini va Venesiya karnavali kabi nufuzli tadbirlarning qoldirilishiga sabab bo`ldi.

24 fevral kuni sport vaziri Vinchenzo Spadafora A Seriyadagi oltita futbol o`yinlari muxlislarsiz o`tkazilishini ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun, «Uddalab bo`lmas topshiriq 7» filmining premerasi 2021 yilning 23 iyulida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar