AsosiyJamiyat

1 iyuldan Toshkentda uylarning narxi 15 foizga oshadimi? "O`zshahar qurilish invest"dagi e`lonni mutaxassis izohladi

'1 iyuldan Toshkentda uylarning narxi 15 foizga oshadimi? "O`zshahar qurilish invest"dagi e`lonni mutaxassis izohladi'ning rasmi

"O`zshahar qurilish invest" injinering kompaniyasining rasmiy telegram kanalidagi e`lon  barchani e`tiborini tortdi.  

“2019 yilda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylarga biriktirilgan fuqarolar diqqatiga!” deb boshlangan xabarda quyidagilar yozilgan:  

“Ushbu uy-joylar bank krediti mablag`lari hisobiga qurilgan bo`lib, kreditga hisoblangan foizlar uy-joylar narxiga qo`shib boriladi. Uy -joylar narxlari oshib ketishining oldini olish uchun sizdan o`zingizga biriktirilgan kvartirani qisqa muddatda o`z nomingizga notarial tartibda rasmiylashtirib olishingizni so`raymiz. Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5886-sonli farmoni 5-bandiga muvofiq, uy-joylar 2020 yil 1 iyulga qadar rasmiylashtirilib, kvartira qiymati "O`zshahar qurilish invest" IK hisob-raqamiga kelib tushmasa, uy-joylar narxiga 15 foiz qo`shilgan qiymat solig`i qo`shilishi haqida ogohlantiramiz”.  

Xo`sh, bu nima degani? Aksariyat fuqarolar o`ylagandek endi kredit hisobiga olingan barcha uylarning narxiga 15 foiz qo`shiladimi? Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun biz  "O`zshahar qurilish invest" IK mutaxassi javob berdi:

Laziz Umarov, "O`zshahar qurilish invest" IK Uy- joylarni rasmiylashtirish bo`limi boshlig`i o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-sonli farmonining 9-ilovasi 5 v-bandiga asosan “O`zshahar qurilish invest” IK 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylar bo`yicha 2020 yil 1 iyulga qadar qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinishi belgilangan. Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar “O`zshahar qurilish invest” IKning mulki hisoblanadi. Yuqoridagi farmon talablaridan kelib chiqib, xonadonlarga biriktirilgan fuqarolar xonadonlarni yuqorida aytilgan sanaga qadar o`zlarining nomiga rasmiylashtirib olish kerak.  

Aytilgan sanaga qadar uy rasmiylashtirilmasa...  

Bugungi kun holatida:  

• 2017 yilda qurilgan 7 919 ta xonadonlardan 20 tasi;  

• 2018 yilda qurilgan 16 352 ta xonadonlardan 918 tasi;  

• 2019 yilda qurilgan 17 587 ta xonadonlardan 8 468 tasi fuqarolar nomiga rasmiylashtirilmagan.  

O`z nomiga rasmiylashtirilmagan xonadonlar “O`zshahar qurilish invest” mulki hisoblangandan keyin,  xonadon sohiblari uchun bugungi kunda kreditning oylik foiz to`lovlarini bizning tashkilot to`lab kelmoqda. Yanada aniqroq aytganda, deylik, fuqaro unga hokimiyat tomonidan biriktirilgan xonadonni o`z vaktida nomiga rasmiylashtirib olmadi. Oradan bir yoki ikki yil o`tib xonadon sohibi uyni o`z nomiga rasmiylashtirganda tashkilot to`lab kelgan kredit to`lovi ham avtomatik tarzda fuqaroning oyma-oy to`lashi lozim bo`lgan foiz miqdoriga qo`shib xisoblanadi. Bunday hisob-kitob esa o`z-o`zidan fuqaroga qo`shimcha xarajatni yuzaga keltiradi. Agar fuqarolar 1 iyunga qadar uy-joyni o`z nomlariga rasmiylashtirishmasa, mazkur foiz to`loviga QQS ham qo`shiladi. Anglaganingizdek, bir biriga uzviy bog`liq.  Shuning uchun rasmiylatishtirish jarayonida narxlar borasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun fuqarolarni ogohlantirib qo`ydik.  

Respublikadagi barcha yangi qurilgan uylarda narxlar ko`tariladimi?  

— Ha, 15 foiz QQS miqdori respublikadagi barcha yangi qurilgan uylarga ta`sir qiladi. Toshkent shahrida esa ayni paytdagi narxlar va QQS bilan hisoblangan mikdorlar quyidagicha:

• 1 m2 o`rtacha 3 980 000 so`mlik uy-joylarda QQS bilan 4 577 000 so`mni (QQS 597 000 so`m);  

• 1 m2 o`rtacha 4 100 000 so`mlik uy-joylarda QQS bilan 4 715 000 so`mni (QQS 615 000 so`m);  

• 1 m2 o`rtacha 4 330 000 so`mlik uy-joylarda QQS bilan 4 979 500 so`mni (QQS 649 500 so`m);  

• 1 m2 o`rtacha 4 160 000 so`mlik uy-joylarda QQS bilan 4 784 000 so`mni (QQS 624 000 so`m) tashkil qiladi.  

Ma`lumot o`rnida:  

Prezident farmoni bilan “O`zshahar qurilish invest” IKga 2020 yil  1 iyulgacha berilgan imtiyozlar 2017-2019 yil dasturlari bo`yicha qurilgan uy-joylarga nisbatan keltirilgan. 2020 yil dasturi doirasida qurilayotgan uy-joylar uchun yuqoridagi imtiyozlar tadbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar