Joriy yilning 26 fevral kuni soat 14:00 larda Namangan viloyati Namangan shahar I.Karimov ko`chasida harakatlanib ketayotgan To`raqo`rg`on tumanida yashovchi G`.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Yong`in bartaraf etilgan. Transport vositasiga va haydovchiga tegishli bo`lgan hujjatlar hamda avtomashinaning ko`plab qismlari yonib ketgan. Yong`in yuzaga kelishi sababi va omillari o`rganilib chiqilmoqda.
Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasini texnik sozligini o`z vaqtida nazorat qilishingizni so`rab qolamiz. O`zingiz va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymang, deya ogohlantirilmoqda rasmiy xabarda.






