O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 26 fevral kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo, VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.






