AsosiyJamiyat

Andijonda 3 opa-uka, Sirdaryoda esa 4 nafar ishchi is gazidan zaharlandi

'Andijonda 3 opa-uka, Sirdaryoda esa 4 nafar ishchi is gazidan zaharlandi'ning rasmi

Andijon va Sirdaryo viloyatlarida is gazidan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Keltirilishicha, 2020 yil 24 fevral kuni soat 11:30 larda Andijon tumani, Ayrilish mahallasida yashovchi, 2007 yilda tug`ilgan X.Tursunboeva, ukasi — 2010 yilda tug`ilgan M.Tursunboev va singlisi — 2015 yilda tug`ilgan Z.Tursunboevalar yashash xonasiga o`rnatilgan isitish pechiga yoqilgan ko`mirning to`liq yonmaganligi sababli chiqqan is gazidan zaharlangan. Ular tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo`limiga olib borilgan va tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Shuningdek, shu kuni soat 10:50 larda Boyovut tumani, Qarapchi mahallasida yashovchi A.B.ga tegishli xonadonda qurilish ishlari bilan shug`ullanayotgan — 1992 yilda tug`ilgan N.K., 1989 tug`ilgan I.M., 1993 yilda tug`ilgan K.N. va 1997 yilda tug`ilgan E.T.lar “egzogen zaharlanish” bilan RShTYoIM SVFning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Ularga tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Eslatib o`tamiz, bugun Farg`onaning ikki tumanida is gazidan zaharlanib,  ikki kishi halok bo`lgani xabar berilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar