Bugun soat taxminan 07:30 larda Uchko`prik tuman Puchug`oy qishlog`idagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 18 yoshli ayol F.M. o`z uyiga o`rnatilgan sandalning tutashi oqibatida is gazidan zaharlanib, kuyishi natijasida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB ma`lum qildi.
Bundan tashqari, soat 13:00larda Farg`ona shahar Beglar MFYda istiqomat qiluvchi 38 yoshli M.X. va birga yashovchi turmush o`rtog`i G.Q.,lar yashash xonadonida is gazidan zaharlanishi natijasida M.X. hodisa joyida vafot etgan. G.Q. davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi.






