Hech bir ota yo`qki, farzandlari kelajagi uchun jonini berib, uni unib-o`stirib, kelajakda buyuk inson sifatida halqiga xizmat qiladigan farzand bo`lib etishishini xoxlamaydigan. Biroq turmushdagi kelishmovchiliklar afsuski, oxir-oqibat farzandlarimizning kelajagiga ta`sir qilib, ularning moddiy ta`minotida muammolarni keltirib chiqaradi. Shunday vaziyatda ularning moddiy tomonlama ta`minotini ta`minlash qonun yo`li bilan amalga oshirilishi belgilab qo`yilgan.
Byuroning Urganch shahar bo`limi tomonidan fuqaro N.Shokirova foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`yicha fuqaro D.Yusupovni bir necha bor ogohlantirilgani va chet elga chiqish huquqi cheklanganligiga qaramasdan aliment pullarini to`lashni paysalga solib keldi.
To`plangan hujjatlar bo`yicha Urganch shahar Ma`muriy sudi tomonidan fuqaro D.Yusupovga nisbatan “Ma`muriy qamoq” tarzidagi ko`rilgan chora natijasida fuqaro N.Shakirovaga 2 nafar voyaga etmagan farzandi uchun 6,3 mln. so`m aliment pullari undirib berilishi ta`minlanib, qonun ustivorligi ta`minlandi.






