Xitoyda tarqalgan COVID-19 koronavirusi laboratoriyalarda ishlab chiqilgan, degan xabarlar haqiqatdan yiroq va mish-mishlardan boshqa narsa emas. XXRning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey jurnalistlar bilan uchrashuvda shunday dedi.
“To`g`risini aytaman, COVID-19 koronavirusi sun`iy yaratilgan emas. U ham xuddi SARS (atipik pnevmaniya epidemiyasini keltirib chiqaruvchi virus) kabi yovvoyi hayvonlardan tarqalgan”, dedi elchi.
Chjan Xanxueyning qo`shimcha qilishicha, hozircha olimlar koronavirus tarqalgan aniq manbani topa olganicha yo`q. Kasallik ko`rshapalakdan odamga o`tgan, degan mashhur versiya ham hali o`zining tasdig`ini topishi lozim, dedi u.






