AsosiyJamiyat

Endi fan olimpiadasi g`oliblari ham avtomashina bilan taqdirlanadi

'Endi fan olimpiadasi g`oliblari ham avtomashina bilan taqdirlanadi'ning rasmi

Mamlakat nomini dunyoga tanitish va taraqqiyot cho`qqilarini zabt etishda ilm-ma`rifat va intellektual salohiyatning o`rni va ahamiyati beqiyos.O`quvchi-yoshlarning aqliy salohiyatini rivojlantirish, jismoniy va ma`naviy barkamol avlodni tarbiyalash, ularga vatanparvarlik tuyg`ularini singdirish, ilm-ma`rifatli, yuksak iste`dodli va qobiliyatli yoshlarni kamol toptirish, jahon maydonlarida mamlakatimiz nufuzini yuksaltirishga salmoqli hissa qo`shgan xalqaro fan olimpiadalari g`oliblarini munosib rag`batlantirish maqsadida Namangan viloyati hokimi farmoyish qabul qildi.

Mazkur hujjatga binoan o`quvchi-talabalarni xalqaro fan olimpiadalarda munosib ishtirok etishlari uchun viloyatdan iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni oliy toifali hamda professor-o`qituvchilar orqali har jihatdan mukammal tayyorlashga alohida e`tibor qaratiladi.

E`tiborli jihati, viloyat hokimligi tomonidan ilmu iqtidori va qobiliyatini amalda yaqqol namoyon etib, xalqaro (tan olingan) fan olimpiadalarida g`oliblikni qo`lga kiritgan va faxrli o`rinlarni egallagan o`quvchilar quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o`rin sohiblariga — “Nexia-3” avtomobili;

2-o`rin sohiblariga — “Spark” avtomobili;

3-o`rinni qo`lga kiritganlarga — “Damas” avtomobili.

Demak, ilm-fanni chuqur egallagan yoshlarning intilishlari ham munosib bahosini oladi. Olg`a, iqtidorlar!

Boshqa yangiliklar