AsosiyJamiyat

Bugun Qoraqalpog`istonda «Yil talabasi-2019» tanlovi g`oliblari aniqlanadi

'Bugun Qoraqalpog`istonda «Yil talabasi-2019» tanlovi g`oliblari aniqlanadi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan iqtidorli talabalarni aniqlash  va ularni rag`batlantirish maqsadida o`tkazilgan “Yil talabasi-2019” respublika tanlovining g`oliblari aniqlangani haqida ma`lumot bergan edik.

Joriy yilgi tanlov g`oliblarini taqdirlash marosimi vazirlik tomonidan 23-24-fevral kunlari mamlakatimizning eng chekka tumani hisoblangan Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumanida o`tkazilmoqda.  

Kuni kecha tanlov g`oliblari Nukus shahriga keldi va shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi. Respublikaning 17 ta oliy ta`lim muassasasidan kelgan talabalar dunyoga mashhur I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston davlat san`at muzeyi bilan tanishdilar.  Bugun Mo`ynoqda «Yil talabasi-2019» tanlovi g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar