AsosiyJamiyat

Diqqat! Ta`limda yana firibgarlik boshlandi!

'Diqqat! Ta`limda yana firibgarlik boshlandi!'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ta`lim tizimida paydo bo`lgan yana bir firibgarlikdan ogoh etmoqda:

“Birinchi va oliy toifaga da`vogar o`qituvchilar diqqatiga!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali pedagog kadrlar attestasiyasi bo`yicha test savollarini sotish haqida turli e`lonlar berilmoqda. 

Ushbu e`lonlar soxta va yolg`on ma`lumotlar asosida ekanligini inobatga olib, Siz pedagoglarni attestasiya testlarini sotib olishni taklif etayotgan firibgarlardan ehtiyot bo`lishga chaqiramiz.

Eslatib o`tamiz, o`qituvchilarga shart-sharoit yaratish maqsadida http://test.tdi.uz/ manzili orqali onlayn repetisiyalar tashkil etilmoqda.

Bu Siz pedagoglarga imkoniyat. Bunda onlayn-test dasturi bilan yaqindan tanishishingiz va o`zingiz haqingizdagi ma`lumotlarni pka.tdi.uz  – elektron bazasiga to`liq va to`g`ri kiritilganligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Aziz ustozlar, faqat o`z bilimingizga ishoning va firibgarlardan ehtiyot bo`ling!”deyiladi Inspeksiya boshlig`ining maslahatchisi xabarida. 

    Boshqa yangiliklar