AsosiyDunyo

Hindistonda mamlakatdagi mavjud zaxiralardan besh marta ko`p bo`lgan oltin koni topildi

'Hindistonda mamlakatdagi mavjud zaxiralardan besh marta ko`p bo`lgan oltin koni topildi'ning rasmi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida ulkan oltin koni topildi. Bu kondagi oltin olti ming tonna deb aytilmoqda. Ma`lum bo`lishicha bu mamlakatdagi mavjud qimmatbaho metall zaxiralaridan 5 marta ko`pdir.Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi.

Reuters agentligining bildirishicha, kon muvaffaqiyatli qayta ishlansa, mamlakat o`zining oltinga bo`lgan ehtiyojini qisman qondirishi mumkin bo`ladi. Ma`lumot berilishicha, hozirda Hindistonda yiliga ikki-uch tonna oltin qazib olinadi va qimmatbaho metalni xorijdan keltirishga majbur bo`linmoqda.

Times of India gazetasining yozishicha, agarda olimlarning hisob-kitobi to`g`ri bo`lsa, mamlakat oltin zaxirasi bo`yicha dunyoda AQShdan keyingi ikkinchi o`ringa chiqib oladi. 

Hozirgi kunda Hindistonning oltin zaxiralari 620 tonna deb baholanadi, AQShniki esa 8,1 ming tonna. Germaniya oltin zaxiralari bo`yicha ikkinchi o`rinda - 3,4 ming tonna.

Boshqa yangiliklar