AsosiyDunyo

Turkiyada zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 37 kishiga etdi

'Turkiyada zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 37 kishiga etdi'ning rasmi

5,7 magnitudali zilzila 23 fevral uni Turkiya va Eron chegarasida qayd etilgani haqida avval xabar bergan edik. Uning oqibatida to`qqiz nafar Turkiya fuqarosi halok bo`ldi.

Turkiya sharqidagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 37 kishiga etdi, to`qqiz kishi halok bo`ldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabariga  asoslanib sputnik xabar qilmoqda.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning so`zlariga ko`ra, qurbonlar va vayronagarchiliklar Bashkale tumanining Kashkol, Gyuvenlik, Gelenler va O`zpinar qishloqlarida qayd etilgan.

Vazir vayronalar ostida haligacha odamlar borligi va ularni qutqaruv-qidiruv ishlar davom ettirilayotganini ta`kidladi.

So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, Eronda ushbu zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 75 kishiga etgan.

 

Boshqa yangiliklar