AsosiyJamiyat

YTH sodir etgan Malibu elektr simlar ulangan stolbani urib sindirdi

'YTH sodir etgan Malibu elektr simlar ulangan stolbani urib sindirdi'ning rasmi

Kecha 22 fevral kuni kech soat 17:30 larda, Yashnabod tumani Zebo Shamsutdinova ko`chasidagi Avtomobillarga gaz quyish shahobchasi oldida Malibu va Lasetti Jentra avtomashinalari ishtirokida yo`l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Sof.uz ma`lum qildi.

YTHni ko`rgan odamlarning aytishicha, qora rangli Malibu avtomashinasi Zebo Shamsutdinova ko`chasi bo`ylab Farg`ona yo`li ko`chasi tomon katta tezlikda harakatlanib, yo`lning chap tomonida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shahobchasiga burilmoqchi bo`lgan kulrang Lasetti Jentra avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan. To`qnashuv oqibatida Malibu haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`ng tomonidagi elektr simlar beton ustinini urib sindirgan va ustun-stolba Malibu avtomashinasini ustiga qulab tushgan. 

Hayriyatki stolbadan boshqa qurbonlar yo`q. Voqea bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Boshqa yangiliklar