AsosiyDunyo

Turkiya koronavirus tufayli Eron bilan chegaralarini yopdi

'Turkiya koronavirus tufayli Eron bilan chegaralarini yopdi'ning rasmi

Turkiya  Eron bilan chegarani ehtiyot chorasi sifatida yopishga qaror qildi. Qaror Eronda koronavirus yuqishining 43 ta holati qayd etilgandan so`ng qabul qilingan. Bu haqda Turkiyaning Daily Sabah nashri xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, turk-eron chegarasidagi Kapiko`y va Esendera nazorat-o`tkazish punklari yopilgan.  Ushbu choralar Turkiya sharqidagi Van viloyatiga Navro`z ayyomi arafasida Erondan kelayotgan sayyohlar ko`payishi sabab qabul qilingan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Eronda koronavirus yuqtirishning 43 ta holati qayd etilgan. Undan vafot etganlar 8 kishini tashkil etadi. Shu munosabat bilan ayni paytda Eronda ommaviy madaniy tadbirlar bekor qilinmoqda.

Avvalroq Iroq, Pokiston, Turkmaniston ham Eron bilan chegaralarni yopilgani haqida aytilgan edi.

Boshqa yangiliklar