AsosiyJamiyat

Toshkentda 11 yoshli o`g`il va 8 yoshli qiz aroqxo`r ota-onasidan qochib ketdi

'Toshkentda 11 yoshli o`g`il va 8 yoshli qiz aroqxo`r ota-onasidan qochib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahar Mirobod tumanida 16 fevralda ikki nafar bola yo`qolib qolgan.Bu haqda Mirobod tumani IIBB matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda aytilishicha, IIO FMB navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga etmagan bolalarning otasi 36 yoshli Evgeniy A. murojaat qilgan.

Erkak 15 fevral kuni taxminan soat 8.00 da uning 11 yoshi o`g`li va 8 yoshli qizi uydan chiqib, noma`lum tomonga yo`l olgani va qaytib kelishmaganini aytgan. Ko`rilgan choralar natijasida bolalarni IIBB PPX xodimlari topib, ularni uylariga qaytarishgan.

Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, bolalar uydan qochib ketishgan. Bu bolalar avval ham spirtli ichimliklarga ruju qo`ygan ota-onasidan yashirinib qo`shni uyning tomida bo`lishar ekan. Bu borada qo`shnilarning fikrlari o`rganilgan.

Ta`kidlanishicha, hozirgi vaqtda ota-onalik huquqini cheklash masalasini hal qilish haqida hujjatlar tayyorlanmoqda.

“Bolalar esa sud tomonidan ularning taqdirlari bo`yicha qaror qabul qilinguncha Toshkent shahar IIBB Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markaziga joylashtirildilar”, - deyiladi xabarda

 

Boshqa yangiliklar