AsosiyJamiyat

MIB Taxiatoshda 39 ta fuqaroning ish haqisini undirdi

'MIB Taxiatoshda 39 ta fuqaroning ish haqisini undirdi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Nukus tumanlararo sudining qaroriga asos Taxiatosh tumani Sh.Rashidov ko`chasi 36-uyda joylashgan qarzdor “Taxiatoshgidroenergoqurilish” unitar korxonasidan 39 ta fuqaroning jami 84.352.753 so`mlik ish haqilarini undirish yuzasidan ijro hujjatlari Byuroning Taxiatosh tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o`zida ijro ishi qo`zg`atilgan.  

Majburiy ijro harakatlari davomida, ushbu ijro hujjatlariga assosan fuqarolarning ish haqilarini undirish maqsadida “Taxiatoshgidroenergoqurilish” unitar korxonasining bank hisob raqamlariga band solingan. Shuningdek, qarzdor korxonaga tegishli barcha mol-mulklari bo`lim davlat ijrochilari tomonidan xatlovga olingan va realizasiya qilish uchun elektron-onlayn auksion savdo maydonchasiga sotuvga sotuvga qo`yilgan.  

Natijada, sotuvga qo`yilgan mol-mulklar sotilgan va sotuvdan tushgan mablag`lar yil davomida Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning iltimosnomalariga asosan ularning plastik kartochkalariga o`tkazilib, 84 352 753 so`m miqdoridagi 39 ta fuqaroning ish haqilari to`liq undirilib berilgan va ijro ishi amalda to`liq undirilganligi sababli tamomlandi, deya ma`lum qildi MIB Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar