AsosiyJamiyat

“Lion Matoris” shartnoma shartlariga amal qilmaydimi?

'“Lion Matoris” shartnoma shartlariga amal qilmaydimi?'ning rasmi

Qarshi tumanida yashovchi Adham Umarov topgan daromadiga “Kobalt” 2-pozisiya avtomashinasini sotib olmoqchi bo`ldi. Albatta,  qonuniy yo`l bilan. Shu bois “Lion Mators” mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan o`tgan yilning 7 sentyabrida sharnoma imzoladi. Jamiyat ijrochilari hujjatga asosan iste`molchiga avtomashina narxining 85 foizini oldindan to`lashi muhim shartlardan ekanligi tushuntirildi. Shundan so`ng MChJ ga A.Umarov avtomashina uchun beriladigan 84 million 169 ming 910 so`m mablag`ning 71 million 500 ming so`mini to`ladi. 

 Shartnomada belgilangan kun kelganda MChJ xodimlari asossiz turli vajlarni ko`rsata boshlashadi. O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining bo`lim boshlig`i Sherali Sattarovning aytishicha, sansolarlikdan charchagan fuqaro federasiyaning Qarshi shaharidagi jamiyatiga murojaat qiladi.

Jamiyat tomonidan murojaat o`rganilganda fuqaro tomonidan o`zaro shartnoma shartlari to`liq bajarilgan. Shunday bo`lsada, ustasi faranglar iste`molchining ishtirokisiz 7 noyabr kuni yangi shartnoma tuzib, unga ko`ra atomashinaning etkazib berish muddatini 2020 yilning 29 fevraliga belgilaganlar.  

O`rganishlar yakuniga ko`ra O`zbekiston Respublikasi “Istemolchilar hhuquqlarini himoya to`g`risida”gi Qonunga asosan fuqaroga avtomashina olib berildi. 

 

    Boshqa yangiliklar