AsosiyJamiyat

“Fayzli Toshkent” davomli bo`ladi

'“Fayzli Toshkent” davomli bo`ladi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Toshkent shahri hokimligi tomonidan poytaxtimizning sanitar holatini yaxshilash, qarovsiz hududlarni tartibga keltirish va ko`rkamlashtirish maqsadida 10 yanvardan “Navro`z”ga qadar “Fayzli Toshkent” aksiyasi o`tkazilishi e`lon qilingan edi.  

O`tgan fursat davomida 1000 dan ortiq ishchilar bilan birga qariyib ikki oy vaqt davomida olib borilgan ishlar hajmi va ko`lami bu fursat butun shaharni tozalash va obodonlashtirish mushkul ekanligini ko`rsatdi.  

Hududlarni chiqindilardan tozalash, olib chiqib ketish va tartibga keltirish chora-tadbirlarini sifatli bajarish maqsadida ushbu aksiyani yil bo`yi davom ettirish lozim deb topildi.  

Ma`lumot uchun aytish joiz, bugungi kunda “Fayzli Toshkent” aksiyasi doirasida Chilonzor, Uchtepa va Yashnobod tumanlaridagi qator mahallalar tartibga keltirildi.

Bu tashabbusni toshkentliklar o`z hududlari, ko`chalarida davom ettirishlari va shahrimiz ko`rkam bo`lishiga o`z hissasalarini qo`shishlariga ishonamiz.

    Boshqa yangiliklar