Yashnobod tumani IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tergov davomida aniqlanishicha, 12-yanvar kuni soat 19.30 da 47 yoshli To`lqin E.ning uyi tekshirilganda 21 ta gugurt qutisida 124,03 gr. “marixuana” topilib, olib qo`yildi.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodesining 273-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanildi.






