Samarqand viloyat miqiyosida olib borilayotgan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi" doirasida aholi bilan o`tkazilayotgan tushuntirish va targ`ibot ishlari o`z natijasini bera boshladi. Samarqand shahar Sartepa maskanida yashovchi, 1972 y.t. A.B., marxum qaynotasining yashash uyida ta`mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtida, molxonasidan bir dona TOZ-12 rusumli, 1 stvolli,12 kalibrli ov quroli va 5 dona patronlarini topib olgan. Bu haqda Samaraqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Fuqaro o`z ixtiyori bilan qurolini IIBga olib kelib topshirgan.
Shuningdek, Paxtachi tuman Ziyovuddin shaharchasida yashovchi, 1980 y.t. T.A. marhum otasiga tegishli bo`lgan bir dona IJ rusumli, 16 kalibrli, bir stvolli, ov qurolini yashash uyining chordog`idan topib olib, o`z ixtiyori bilan tuman IIBga olib kelib bergan.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan bu boradagi ishlarda jonbozlik ko`rsatishlarini so`raydi.






