2020 yil 15 yanvar kuni Namangan viloyati IIB YHXB inspektori safdor, A.Tursunaliev Namangan viloyati IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qildi. Unda Namangan shahar “Chorsu” bozori hududida xizmatolib borayotgan vaqtida Neksiya-2 rusumli avtomashinani to`xtatib, haydovchining spirtli ichimlik iste`mol qilganidan shubhalangani vamastlik holatini aniqlash uchun Namangan viloyati Narkologiya dispanseriga olib borgani, tekshiruv davomida haydovchining spirtli ichimlik ichganligi tasdiqlangani bildirgan.
Shundan so`ng xaydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydoniga olib borganida, haydovchi ma`muriy chora ko`rmaslik va avtomashinani jarima maydonidan olib chiqib ketish evaziga 200 AQSh dollari pora tariqasida taklif qilayotganligini ma`lum qildi. Shundan kelib chiqib, ushbu fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Safdor A.Tursunalievning bildirgisiga asosan, IIV O`XB Namangan viloyati bo`limi va IJQK Departamenti Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida haydovchi inspektor A.Tursunalievga 200 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida holislar ishtirokida qo`lga olindi.
Ushbu holat bo`yicha IJQKD shahar bo`limi tomonidan xaydovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deyiladi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.






