AsosiyJamiyat

Xo`jaobod tumani XTB mudiri o`zidan 20 yosh kattalarni ham sensirab haqorat qiladimi? Tarqalgan audioyozuv o`rganildi

'Xo`jaobod tumani XTB mudiri o`zidan 20 yosh kattalarni ham sensirab haqorat qiladimi? Tarqalgan audioyozuv o`rganildi'ning rasmi

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Xo`jaobod tumani xalq ta`lim bo`limi mudiri Hamdamov Shohruhga tegishli audio yozuv hamda uning faoliyatiga oid “O`zidan 20-30 yosh katta odamlarni har kuni sansirab, haqoratlab beradigan, tajribasiz yosh bola tuman xalq ta`limi mudiri bo`lishga arziydimi?” mazmunida murojaat tarqaldi. 

Mazkur murojaat yuzasidan Andijon viloyati xalq ta`limi boshqarmasining ishchi guruhi o`rganish ishlarini olib bordi.

Xo`jaobod tumani xalq ta`lim bo`limi mudiri Hamdamov Shohruhga tegishli audio yozuv joriy yilning 18 yanvar kuni jamoa o`rtasida tashkil etilgan telegramm gruppasidan yozib olingan bo`lib, unda 19 yanvar kuni tumanda 5 ta muhim tashabbus tadbirini namunali tarzda o`tkazish uchun ma`sullarga kerakli vazifalar bergan va ijrosini ta`minlashda sustkashlikka yo`l qo`ygan ayrim xodimlarga nisbatan og`zaki ogohlantirish berganligi o`rganish jarayonida aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tumandagi ayrim maktab direktorlari va direktor o`rinbosarlari bilan o`tkazilgan suhbat jarayonida mazkur tadbirni o`tkazish uchun xech qanday noqonuniy topshiriq va haqoratli so`zlarni aytmaganligini ma`lum qildilar

Xo`jaobod tuman xalq ta`lim bo`limi mudiri Sh.Hamdamovdan ushbu holat yuzasidan tushuntirish xati olindi va odob-ahloq qoidalariga rioya etish, so`zlashuv madaniyatiga amal qilishi, bu kabi holatlar qayta takrorlangan taqdirda, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko`rilishi haqida ogohlantirildi.

    Boshqa yangiliklar