AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qozog`iston mehnat migrantlari huquqlari himoya qilinadi

'O`zbekiston va Qozog`iston mehnat migrantlari huquqlari himoya qilinadi'ning rasmi

Qozog`iston va O`zbekiston hukumatlari o`rtasida mehnat faoliyati va ikki davlat mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi bitim Qozog`iston parlamenti tomonidan ratifikasiya qilindi. 

Bu haqda Qozog`iston parlam.kz.ru sayti manbasiga tayanib, Migrasiya agentligi xabar berdi.

Ushbu hujjat ikki tomon fuqarolari uchun ham amal qiladi va quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

- ikki davlat mehnat vazirliklari o`rtasida fuqarolarni ikki davlat hududida ishga joylashtirish, shu jumladan, ikki davlat fuqarolari uchun mavjud bo`sh ish o`rinlari to`g`risida o`zaro axborot almashishni ta`minlash;

- ikki davlat hududida migrasiya oqimini tartibga solish va noqonuniy mehnatning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlarini bajarish munosabati bilan xodimlarning hayoti va sog`lig`iga zarar etkazilgan taqdirda, ish beruvchi tomonidan shaxsiy mulkni tashish va topshirish bilan bog`liq xarajatlarni to`lab berish va h.k.

Boshqa yangiliklar