Yaponiya qirg`oqlarida ikki hafta davomida karatin holatida bo`lib turgan Diamond Princess kruiz layneri yo`lovchilari orasida ikki kishi koronavirus sababli hayot bilan vidolashdi. Bu haqda Effekt.uz xabar berdi.
Ikki hafta davomida Yokogama portida karantin holatida bo`lgan kema yo`lovchilari yaqindagina qirg`oqqa chiqish va kemani tark etish imkoniyatiga ega bo`lgandilar. Kemada koronavirus yuqtirib olgan va kemaning ilk qurbonlari sifatida qayd etilgan ushbu ikki inson – 80 yoshdan oshgan erkak va ayol bo`lgan. Ularning asli yaponiklik ekani va 11-12 fevral kunlari mahalliy shifoxonalarning birida bo`lganliklari aytilmoqda. Ikki hafta davomida Yokogama portida karatin holatida bo`lgan kema yo`lovchilari yaqindagina qirg`oqqa chiqish va kemani tark etish imkoniyatiga ega bo`lgandilar.
COVID-2019 bo`yicha oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, Xitoyda avj olgan koronavirus bemorlari soni 75 ming kishidan oshgan. Undan halok bo`lganlar soni 2118, tuzalganlar soni esa 16 000 kishi ekani aytilmoqda.






