AsosiyDunyo

Turkmanistonda o`qituvchilar bir xil rangli ruchkadan foydalanishi shart. U qanday rang ekan?

'Turkmanistonda o`qituvchilar bir xil rangli ruchkadan foydalanishi shart. U qanday rang ekan?'ning rasmi

Turkmanistonda bir-biridan qiziq tartiblar o`rnatilmoqda. Avvalroq turkmanboshining hududlarga tashrifi chog`ida uni kutib olishga chiqqanlarga sochini qora rangga bo`yash taqiqlangani haqida xabar bergan edik

Yaqinda esa turkmanistonlik o`qituvchilarga yashil rangdagi ruchka va bloknotlardan foydalanishi shart qilib belgilab qo`yildi — bu haqda «CentralAsia» (TM) xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, ilgari o`qituvchilarga asosan tashqi ko`rinish borasida talablar qo`yilgan. Masalan, ular bir xil do`ppi kiyishlari, muallimalar maktabga milliy kiyimlarda kelishlari shart edi. Endi bir xil (yashil rangli) ruchka va yondaftarlardan foydalanishlari talabi qo`yilmoqda.

Turkmanistonda yashil ruchkalar eng qimmati sanaladi, ularni buyurtma asosida Turkiyadan, shuningdek, Rossiya va Xitoydan keltirishadi.
Yashil ruchka va bloknotlar turkman milliy gilami naqshlari bilan bezatilgan.

Bitta yashil ruchkaning narxi — 45 manat, bloknot — 50 manat (1 turkman manati = 0,29 AQSh dollari).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar