AsosiyJamiyat

O`zbekiston Internet-tezligi bo`yicha jaxon reytingida o`z pozisiyalarini yaxshilab, 4 pog`onaga ko`tarildi

'O`zbekiston Internet-tezligi bo`yicha jaxon reytingida o`z pozisiyalarini yaxshilab, 4 pog`onaga ko`tarildi'ning rasmi

“Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020 yil yanvar oyi natijalariga ko`ra, yangi ma`lumotlarni e`lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jaxon reytingi bo`yicha O`zbekiston Internet aniqlangan tezligi natijalariga ko`ra yana to`rt pozisiyaga ko`tarildi.

Internet tezligi bo`yicha umumiy reytingida O`zbekiston hozirgi kunda 104-pog`onani egallab to`ribdi va o`tgan yili yanvar holatiga nisbatan 15 pozisiyaga ko`tarildi. Bu mazkur davr bo`yicha eng yuqori o`sish bo`ldi! Yanvar holatiga ko`ra biz bir qator davlatlardan oldindamiz – Gruziya (107-o`rin), Ozarbayjon (116-o`rin), Tojikiston (109-o`rin), Turkmaniston (176-o`rin).

Umuman oxirgi yil natijalariga ko`ra O`zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 barovar o`sdi – 10,89 Mbit/c dan (2019 yil yanvar holatiga) 25,75 Mbit/c gacha (2020 yil yanvar holatiga).

Mobil internet tezligini oshirishda ham O`zbekiston bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 132-o`rinni egalab, 2019 yil dekabr holatiga ikkita pozisiyaga, yil yakuni bo`yicha esa beshta pozisiyaga ko`tarildi.

Ma`lumot uchun, Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi.

    Boshqa yangiliklar