AsosiyJamiyat

Samarqandda tramvay o`z yo`lidan chiqib ketdi

'Samarqandda tramvay o`z yo`lidan chiqib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 19 fevral kuni soat 07:10 larda Samarqand shahar Amir Temur va Buyuk Ipak yo`li ko`chalari kesishgan chorraha bo`ylab "Sartepo-Temiryo`l" vokzali yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan 1-yo`nalish tramvay o`z yo`lidan chiqib ketgan.

Holat yo`lning nosozligi sababli yuz bergan. Mazkur hodisada tan jarohati olganlar yo`q. 

Hozirda tramvayni yo`nalishiga qo`yish choralari ko`rilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar