AsosiyJamiyat

Dang`arada xaydovchining qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida uch kishi halok bo`ldi

'Dang`arada xaydovchining qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida uch kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 18 fevral kuni soat 08:30 larda A-373-B “Qo`qon shahriga kirish” yo`li Dang`ara tumani hududidan o`tgan qismining 14-kilometrida haydovchi U.A. “Neksiya” avtomobilida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan “Tiko” avtomobili xamda uning ortida harakatlanib kelayotgan “Lasetti” avtomobili bilan to`qnashgan. 

Natijada, “Tiko” rusumli transport vositasi xaydovchisi Buvayda tumanida yashagan Y.A. va yo`lovchisi M.B. hamda Furqat tumanida yashovchi J.Z. boshqaruvidagi “Lasetti” avtomobilida bo`lgan yo`lovchi M.X.lar voqea joyida vafot etgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatiyo`l harakati ishtirokchilaridan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishni, transport vositasini ob-havo sharoitini hisobga olgan holda boshqarishni so`rab qoladi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar