Joriy yilning 18 fevral kuni soat 06:40 larda Samarqand viloyati, Bulung`ur tumanida haydovchi O.I. boshqaruvida bo`lgan “Isuzu” rusumli avtobus hamda ushbu yo`nalishda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelagan haydovchi F.Q. boshqaruvida bo`lgan “Neksiya” rusumli transport vositalari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Oqibatda “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi F.Q. va ushbu avtomashina yo`lovchisi F.X.lar voqea joyida vafot etishgan.
Yo`lovchilar D.X. va N.R.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.






