"O`zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati ""UNG Petro" MChJ tomonidan neft mahsulotlarini sotish hajmini oshirish bo`yicha Ai-92 benzin sotuvi Farg`ona vodiysi bo`ylab yo`lga qo`yilganligi haqida ma`lum qilingan edi.
Ayni paytda Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham Ai-92 rusumli yuqori sifatli benzinni iste`molchilarga sotish tashkil etildi. Kompaniyaning ushbu viloyatlaridagi 10 ta avtomobillarga yoqilg`i qo`yish shoxobchalarida mahsulotlar iste`molchilarga sotilmoqda. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.
Ta`kidlash joizki, "UNG Petro" Ai-92 rusumli benzinni boshqa kompaniyalarga nisbatan 14-15%ga arzonroq sotishni yo`lga qo`ydi.
Agar sizda “O`zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda sotilayotgan yoqilg`ining sifati va narxi bilan bog`liq murojaat yoki fikr-mulohazalar bo`lsa, telegram kanaldagi @UNG_Petro_Bot orqali bildirishingiz mumkin.






