Uxandagi vaqtinchalik shifoxonalardan birining rahbari koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda tarjimon internet nashri «Shenmin Ribao» gazetasi xabariga asoslanib ma`lum qilmoqda.
«Vuchang kasalxonasi direktori Liu Szining COVID-2019 bilan kasallangan va 17 fevral kuni vafot etdi», deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy ma`murlari Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismidagi Xubey viloyati Uxan shahrida noma`lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishgan edi. Mutaxassislar kasallikning qo`zg`atuvchisini aniqladilar. Bu 2019-nCoV virusi edi. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy COVID-2019 deb nom berdi.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, bu virus bilan kasallanganlar soni 71334 nafarga etgan. Undan halok bo`lganlar esa 1775 nafarni tashkil qilib turibdi.






