Biroz avval Xorazm viloyatida lotereyadan SPARK mashinasi chiqqani, ammo o`sha joyda lotereya sotuvchisi yutuqli lotereyani fuqaroning qo`lidan yulib olib qaytarib bermagani haqida xabar bergan edik.
Xalq banki ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Ushbu holatni o`rganib chiqib, quyidagilarni ma`lum qiladi: fuqarolar Q. K va R. R. birgalikda Shovot Markaziy dehqon bozorida Xalq banki lotereyalarini sotish bilan shug`ullanib kelishgan. Ular Xalq banki xodimlari emas. Shuningdek, bu fuqarolarning lotereyalarni sotish bo`yicha Xalq banki bilan hech qanday shartnomasi ham yo`q. Ushbu fuqarolar Xalq banki kassalaridan “Omad qushi” lotereyalarining har birini 3 ming so`mdan sotib olib, fuqarolarga 4 ming so`mdan sotganligi aniqlandi.
Xalq banki tomonidan chiqarilayotgan lotereyalar, xususan, “Omad qushi” lotereyasi biletiga ham narxi alohida ko`rsatib o`tilgan.
Ayni paytda Iskandarov Isajon arizasiga binoan mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan tergovga qadar o`rganish ishlari olib borilmoqda.






