AsosiyJamiyat

Deputatlar fuqarolik va propiska masalalarini ko`rib chiqishni boshladi

'Deputatlar fuqarolik va propiska masalalarini ko`rib chiqishni boshladi'ning rasmi

Ayni vaqtda Toshkentda «O`zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizasiyalashda parlament va hokimiyat vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida xalqaro konferensiya o`tkazilmoqda. Unda so`zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o`rinbosari Akmal Saidov ayni paytda Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bo`lib o`tayotganini va unda Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalardan biri «O`zbekiston Respublikasi fuqarolik to`g`risida»gi qonun ko`rib chiqilayotganini ma`lum qildi.

«Bilasizki, davlatimiz rahbarining takliflari bilan 1995 yilga qadar O`zbekistonda yashab kelayotgan 50 mingga yaqin kishiga fuqarolik topshirish rejalashtirilgan. Yana bir muhim masalalardan biri propiska masalasi ham ko`rib chiqilmoqda», - dedi A.Saidov.

Bugungi anjuman aynan Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratilgani ta`kidlandi.

Xalqaro anjuman davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar