AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholisiga qanday davlat xizmatlari ko`rsatilmoqda?

'O`zbekiston aholisiga qanday davlat xizmatlari ko`rsatilmoqda?'ning rasmi

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini ko`rsatish, ularni og`irini engil qilish, aholiga xizmat ko`rsatish jarayonida ularning ortiqcha ovoragarchiliklariga, byurokratik holatlarga chek qo`yish bugungi kunda xalqimizga davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasidagi asosiy faoliyat yo`nalishlardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali axborot texnologiyalari va kommunikasiyalar sohasida bir necha turdagi davlat xizmatlari ko`rsatilib kelinmoqda. Xususan,

– o`z tarmog`ini yaratish huquqisiz ma`lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko`rsatishga lisenziya olish;

– telekommunikasiya tarmoqlarini loyihalashtirishga lisenziya olish kabi xizmatlar.

Mazkur xizmatlar Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikasiyalar sohasidagi faoliyatni lisenziyalash to`g`risidagi nizom”ga asosan ko`rsatilib kelinmoqda.

Nizomga asosan, telekommunikasiyalar sohasida yuridik shaxslar faoliyati turlarini lisenziyalash O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Telekommunikasiyalar quyidagi turlarining, ya`ni:

mahalliy tarmoqlar;

shaharlararo tarmoqlar;

xalqaro tarmoqlar;

ko`chma radiotelefon aloqa tarmoqlari;

ma`lumotlar uzatish tarmoqlari;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyasiya qilish) tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar ko`rsatishi lisenziyalanishi shart.

Bugungi kunga qadar, Davlat ximzatlari markazlari hamda YaIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali o`z tarmog`ini yaratish huquqisiz ma`lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko`rsatishga lisenziya olish uchun 86 ta, telekommunikasiya tarmoqlarini loyihalashtirishga lisenziya olish uchun 29 ta ariza kelib tushgan.

Biroq, bugungi kunga qadar mazkur davlat xizmatlarini ko`satish murakkabligicha qolib, amaliyotda ayrim muammolarga duch kelinmoqda. 

Xususan, lisenziya beruvchi vakolatli organ hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining yuqorida ko`rsatilgan davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun axborot tizimi mavjud emas. Ushbu vazirlik ham davlat xizmatlarini ko`rsatuvchi aksariyat boshqa davlat tashkilotlari singari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining davlat organlari mas`ul xodimlarining shaxsiy kabinet tizimi (arm.gov.uz) orqali xizmatlarni ko`rsatib kelmoqda. Ular o`zlarida ushbu xizmatlarni (biznes optimizasiya qiluvchi) axborot tizimini ishlab chiqib, uni Davlat xizmatlari markazlariga hamda boshqa idoralarga integrasiya qilishlari lozim. 

Tabiiyki, yuqorida ko`rsatib o`tilgan muammolarning mavjud bo`lishi davlat xizmatini o`z vaqtida va sifatli ko`rsatilishi uchun to`sqinlik qiladi.

Ta`kidlash joizki, 2020 yilga “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berilgani ham jamiyatimizda o`zaro aloqalarning elektron shaklda olib borilishi hamda zamonaviy axborot texnoligiyalari orqali aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatilishi bugungi kunning ayni dolzarb masalasi ekanligini belgilamoqda.

Davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasida turgan muammolarni bartaraf etish, bu sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko`rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatish sifatini oshirish yuzasidan qator vazirlik va idoralarga bir qancha vazifalar yuklatildi.

Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga belgilangan xizmat turlari bo`yicha 2020 yil 1 sentyabrga qadar axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko`rsatish tizimi bilan integrasiya qilish vazifasi topshirildi. Bu esa, o`z navbatida yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf qilish orqali xalqimizga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini ko`rsatishga xizmat qiladi.

 

Davlat xizmatlari agentligi

Tashkiliy-tahlil bo`limi 

Bosh maslahatchisi 

S.Uralov 

 

    Boshqa yangiliklar