AsosiyJamiyat

MIB : «Human»dan jabr ko`rganlarga zararlarni qaytarish bo`yicha ijro harakatlariga kirishildi

'MIB : «Human»dan jabr ko`rganlarga zararlarni qaytarish bo`yicha ijro harakatlariga kirishildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 17 fevra kuni «Human xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdorlarining firibgarligidan jabr ko`rgan 50 nafardan ortiq fuqaro Mustaqillik maydonida to`planishgan edi. Shundan so`ng Bosh vazir Abdulla Aripov 1086 nafar aldangan fuqaroga qaytarilishi lozim bo`lgan 21 milliard so`mdan ortiq moddiy zarar davlat tomonidan shoshilinch ravishda qoplab berilishini aytgan edi.

Ayni paytda MIBning “darakchi.uz”ga ma`lum qilishicha, «Human» xususiy bandlik agentligi rahbari Sh.Fayzullaevning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko`rgan fuqarolarga etkazilgan moddiy zararlarni ularning hisob raqamlariga tezkorlik bilan o`tkazish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, ATIB «Ipoteka bank» hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda hududlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.

Shuningdek, jabrlanganlarga zararni undirish bo`yicha Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga ijro hujjatlari ham kelib tushdi.

Jabrlanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi guruhlarni «Ipoteka bank» viloyat filiallarida faoliyat olib borishlari belgilandi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyat sudining hukmi bilan «Human» xususiy bandlik agentligi rahbari Sh.Fayzullaevning jinoiy harakatlari oqibatida jabrlanuvchi deb etirof etilgan va moddiy zarar undirilishi belgilangan fuqarolar o`zlariga qulay bo`lgan quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) bilan murojaat qilishlari so`raladi.

 

    Boshqa yangiliklar