Qozog`istonda mahalliy mutaxassislar mavjud bo`lgan lavozimlar uchun chet el ishchilariga kvota berishni taqiqlash rejalashtirilmoqda, deya Migrasiya agentligi matbuot kotibi Tengrinews.kz nashriga asoslanib xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2019 yilda 25,5 ming chet el ishchilarini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berilgan, ularning 80 foizini kompaniya rahbarlari, tarkibiy bo`linmalar rahbarlari va malakali mutaxassislar tashkil etgan.
2020 yilda kompaniyalarda qozog`istonlik kadrlar ulushini 96 foiz bo`lishini ta`minlash rejalashtirilgan va o`tgan yilga nisbatan chet el ishchilarini jalb qilish kvotasi 40 foizga qisqartirilgan.






