AsosiyJamiyat

Bosh prokuror o`rinbosari so`nggi uch yildagi inqilobiy o`zgarishni aytdi

'Bosh prokuror o`rinbosari so`nggi uch yildagi inqilobiy o`zgarishni aytdi'ning rasmi

2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatning huquqiy qiyofasi yangilandi. Tergov va odil sudlov bilan bog`liq bo`lgan prosessual normalar jiddiy o`zgardi va o`zgaryapti. Jumladan, ushlab turish va dastlabki tergovni amalga oshirish muddatlari qisqartirildi, ijtimoiy havfi katta bo`lmagan jinoyatlarni tergov qilish prosedurasi o`zgartirildi va mamlakatda birinchi marta surushtiruv instituti joriy etildi. Bu haqda 14 fevral, juma kuni Toshkentda bo`lib o`tgan “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi: Harakatlar Strategiyasining 3 yillik samarasi va 2020 yilga belgilangan ustuvor vazifalar” mavzusidagi xalqaro forumda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o`rinbosari Erkin YO`LDOShEV ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, yillar davomida mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to`g`onoq bo`lib kelayotgan masalalardan biri bu - dalillar maqbulligi bilan bog`liq bo`lgan muammolardir.

Dalillar maqbulligi bilan bog`liq normalar konkretlashtirildi. Noqonuniy tergov usullari qo`llanilgani uchun javobgarlik kuchaytirildi va yangi bir norma - “dalillarni soxtalashtirish uchun javobgarlik” joriy etildi”, - dedi u.

Erkin Yo`ldoshevning qayd etishicha, yana bir inqilobiy o`zgarishlardan biri bu – ayrim prosessual harakatlarni sanksiyalashtirish vakolatlari prokuraturadan olinib, sudlar vakolatiga o`tkazilganidir. Ma`lumotga ko`ra, 3 yil davomida sudlar tomonidan 1910 ta oqlov hukmlari chiqarildi, shundan 566 tasi prokurorlar protestlari bilan bo`ldi. 

Prokuratura organlari Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2020 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida 28 ta tadbirni amalga oshirishni rejalashtirgan. 

Boshqa yangiliklar