AsosiyJamiyat

15 kunda respublika bo`yicha 33 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari yo`q qilindi

'15 kunda respublika bo`yicha 33 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari yo`q qilindi'ning rasmi

2020 yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar ichki ishlar organlari tomonidan “Yoshlar orasida narkotik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash” tezkor-profilaktik tadbiri o`tkazilmoqda.

Tezkor-profilaktik tadbir davomida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusidagi profilaktik xarakterdagi 2119 marotaba uchrashuv, davra suhbatlari o`tkazildi, ularda 268 mingdan ortiq talaba va o`quvchilar ishtirok etdi.

Shu kabi uchrashuvlar, davra suhbatlari ishchi va xizmatchilarning aksariyati yoshlarni tashkil qilgan 302 ta korxona, muassasa, tashkilot hamda qishloq fuqarolar yig`inlarida ham tashkillashtirilib, ularda 24 mingga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta`minlandi.

1-16 fevral kunlari respublika bo`yicha jami 201 ta giyohvandlik vositalari bilan bog`liq holatlar aniqlanib, noqonuniy muomaladan 33 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari olindi.

Mazkur yo`nalishda profilaktik va tezkor ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar